SOHADAGI DOLZARB MUAMMOLAR EChIMIGA QARATILGAN XAMKORLIKDAGI TADQIQOTLAR

 

Qoraqolpog‘iston Dexqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan xamkorlik. So‘nggi yillarda respublikaning shimoliy mintaqalari sharoitida qish oylarida xavo xaroratining -30oS gacha tushib ketishi kuzgi boshoqli don ekinlarining nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Ushbu mintaqalarda g‘alladan sifatli va mo‘l hosil olish maqsadida Qoraqolpog‘iston Dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan xamkorlikda sovuqqa chidamli kuzgi bug‘doy navlari va bahorgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra sovuqqa va tuproq sho‘rlanishiga chidamli bo‘lgan kuzgi yumshoq bug‘doyning “Amudaryo” va “Chimboy” navlari yaratildi