DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

BOSHOQLI DON EKINLARI SELEKTSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri
Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich
Qishloq xoʻjalik fanlari boʻyicha falsafa doktori
Tel (faks): ish (75) 228-00-17
Mob. (93) 939-21-00
E-mail: s.dilmurodov@mail.ru

Laboratoriyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
Kuchli bugʻdoy talablariga javob beradigan, don sifati yuqori, kasalliklar, zararkunandalarga, tuproq shoʻrlanishiga, qurgʻoqchilikka, issiqlikka chidamli navlarni jahon kolleksiyasidan ajratib olib, ular ishtirokida don sifati yuqori, boʻlgan yumshoq bugʻdoyning intensiv navlarni yaratish.
Qattiq bugʻdoyni yuqori hosil beradigan, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli, yuqori sifatli makaron, vermishelь, yorma, (mannaya krupa) tayyorlashga yaroqli, intensiv tipdagi navlarini yaratish.
Yumshoq va qattiq bugʻdoyning davlat reestriga kirgan istiqbolli navlarini birlamchi urugʻchiligini tashkil etish. Superelita, elita urugʻlarni yetishtirish va Respublika hamda viloyat ehtiyojlarini qondirish.
Lalmikor sharoitda qurgʻoqchilikka, issiqlikka, kasalliklarga chidamli, yumshoq va qattiq bugʻdoy navlarini yaratish va ularning birlamchi urugʻchilik tizimini yoʻlga qoʻyish.