DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali

QISHLOQ XOʻJALIGI VA OZIQ-OVQAT TAʹMINOTI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZI “DON VA DUKKAKLI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “QASHQADARYO FILIALI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 16 sentyabrdagi “Qashqadaryo viloyatida gʻallachilik va paxtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi huzurida “Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti” tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 fevraldagi “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2125-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014 yil 13 fevraldagi 33 sonli va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab-chiqarish markazining 2014 yil 14 fevraldagi 6 sonli buyruqlari asosida institut “Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali” sifatida faoliyat yuritmoqda.

Quyidagilar filialning asosiy faoliyatlari hisoblanadi:

  • Qattiq va yumshoq bugʻdoyning yuqori sifat koʻrsatgichlariga ega boʻlgan, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli raqobatbardoshli yangi navlarni yaratish;
  • Mintaqalarning tabiiy iqlim sharoitlariga javob beradigan xorijiy va mahalliy navlarni tanlab olish va joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Yaratilgan boshoqli don ekinlari navlarining boshlangʻich urugʻchiligi tizimini tashkil etish;
  • Suv bilan yetarli taʼminlamagan va qurgʻoqchilik sharoitida boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil olish boʻyicha ilgʻor agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish.

Ma’lumotlarni yuklab oling