DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

Filialning asosiy maqsadi

  • Boshoqli va dukkakli ekinlar genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi, urugʻshunosligi hamda gʻalla va unga izdosh ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda shu asosda ilmiy texnik mahsulotlar ishlab chiqish,
  • Mahalliy sharoitga moslashgan boshoqli don, dukkakli don, moyli va noanʼanaviy ekinlarning yuqori hosilli va sifatli navlarini yaratish,
  • Ekologik nav sinash natijalari asosida tanlab olingan navlarning jadal yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish,
  • Davlat reestriga kiritilgan va istiqbolli deb topilgan navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, almashlab ekishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish,
  • Turli tajriba sinovlarini amalga oshirish, ozuqa bob ekinlar urugʻchiligini rivojlantirishdan iborat.