DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

Quyidagilar filialning asosiy funksiyalari hisoblanadi:

  • Ilgʻor texnologiyalarni va zamonaviy seleksiya yutuqlarini qoʻllagan holda sara va sifatli boshoqli don urugʻchiligi ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • Boshoqli don ekinlarini yetishtirishda organik va maʼdan oʻgʻitlardan, yer va suv zaxiralaridan oqilona foydalanishning manbayini tejovchi va tuproq unumdorligini saqlovchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
  • Gʻallachilikda zararkunanda va kasalliklarga qarshi himoya qilishning uygʻunlashtirilgan usullarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, gerbitsid, oʻstiruvchi va oʻsishni sozlovchi moddalarni sinash va ulardan maqbullarini ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berish;
  •  Boshoqli don, dukkakli don, makkajoʻxori, moyli va noanʼanaviy ekinlarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi himoya qilishning biologik va uygʻunlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarini tashkil etish, atrof-muxit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz boʻlgan kimyoviy preparatlarni sinash va ularni muqobillarini ishlab chiqarishga joriy etishga tavsiyalar berish;
  • Ishlab chiqarishda yuqori sifatli, serhosil don, dukkakli, makkajoʻxori, moyli va noanʼanaviy ekinlar navlarini ekishni tashkil etish, ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etish, yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ilgʻor agrotexnologiyalar boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlash;
  •  Mamlakatning gʻallachilik sohasida erishilgan ilm-fan yutuqlari bilan xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda qatnashish, gʻallachilikning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy simpoziumlar, kengashlar, konferensiyalar oʻtkazish, ilm-fan yutuqlarini targʻibot qilish.