DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

ILMIY SALOHIYAT
Filial tasarrufidagi ilmiy laboratoriyalarda Davlat ilmiy - texnika dasturlariga kiritilgan loyihalarni bajarishda va ilmiy tadqiqotlar olib borishda jami 46 ta xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan; 33 tasi (72 %) ni ilmiy xodimlar tashkil qiladi. Shundan, 4 nafari (17,4%) fan doktori, 11 nafari (47,8%) fan nomzodlari va falsafa doktorlaridir. Bundan tashqari filialda 1 nafar doktorant (2,2%), 9 nafar tayanch doktorant (19,6%), 4 nafar mustaqil izlanuvchi (8,7%) lar tahsil olmoqda. Umumiy xodimlardan 13 tasi (28 %) texnik xodimlarni tashkil etadi. Filialda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida so‘nggi uch yillikda 3 nafar fan doktorlari hamda 11 nafar falsafa doktorlari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 4 nafari katta ilmiy xodim unvonini olgan.