DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

ISHLAB CHIQARISHGA JORIY QILINGAN NAVLAR

Yaksart navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z. Ziyadullayev, S.Aliqulov, Z.Ziyayev, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 210-217 kun, o‘simlik bo‘yi 90-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,6%, kleykovina miqdori 30,4%, hosildorligi 85-90 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o‘rtacha chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2011 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Turkiston navi. Nav mualliflari A A.Amanov, O.Abdullayev, Z.Ziyadullayev, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 210-215 kun, o‘simlik bo‘yi 90-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,2%, kleykovina miqdori 29,5%, hosildorligi 75-80 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o‘rtacha chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2010 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

G‘ozg‘on navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, Z.Xoliqulov, R.Sharma, S.Aliqulov, Z.Ziyayev, Sh.Amanov, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 208-215 kun, o‘simlik bo‘yi 90-100 sm, 1000 ta don vazni 42-44 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,8%, kleykovina miqdori 30,1%, hosildorligi 78-85 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2013 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Elomon navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, Z.Xoliqulov, R.Sharma, S.Aliqulov, Z.Ziyayev, Sh.Amanov, nav Grecum tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 208-213 kun, o‘simlik bo‘yi 90-100 sm, 1000 ta don vazni 40-42 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,2%, kleykovina miqdori 28,5%, hosildorligi 70-75 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga past chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Novoiy, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2013 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Xisorak navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, S.Aliqulov, Z.Ziyayev, Sh.Amanov, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 210-215 kun, o‘simlik bo‘yi 75-80 sm, 1000 ta don vazni 42-44 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,7%, kleykovina miqdori 29,8%, hosildorligi 75-80 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga o‘ta chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Andijon, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2013 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Xazrati Bashir navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, Z.Xaliqulov, R.Sharma, S.Aliqulov, Z.Ziyayev, Sh.Amanov, nav Grecum tur xiliga mansub, biologik duvarak, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 200-205 kun, o‘simlik bo‘yi 95-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 15,1%, kleykovina miqdori 30,3%, hosildorligi 75-80 ts/ga.
Nav qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga o‘rtacha chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Andijon, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2013 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Jayxun navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, O.Abdullayev, nav Grecum tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 203-208 kun, o‘simlik bo‘yi 85-90 sm, 1000 ta don vazni 39-42 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,2%, kleykovina miqdori 28,5%, hosildorligi 75-80 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ekish uchun 2013 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Bunyodkor navi. Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullayev, Z.Xaliqulov, R.Sharma, O.Amanov S.Aliqulov, Z.Ziyayev, Sh.Amanov, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik duvarak, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 205-210 kun, o‘simlik bo‘yi 95-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,7%, kleykovina miqdori 28,8%, hosildorligi 80-85 ts/ga.
Nav qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Respublikaning Farg‘ona vodiysi va markaziy viloyatlarida ekish uchun 2017 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Mingchinor navi. Nav mualliflari A A.Amanov, Z.Ziyadullayev, O.Abdullayev, nav Melyanopus tur xiliga mansub, biologik kuzgi, qattiq bug‘doy, o‘suv davri 206-208 kun, o‘simlik bo‘yi 95-100 sm, 1000 ta don vazni 42-44 gramm, dondagi oqsil miqdori 15,8%, kleykovina miqdori 31,5%, hosildorligi 28-30 ts/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga va hashoratlarga chidamli. Ekish me’yori 2,0-2,5 mln. dona, ekish muddati hudud uchun tanlangan optimal muddat. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining lalmikor mintaqalarida ekish uchun 2014 yildan Davlat reestriga kiritilgan.

Namunadagi navlar