DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

O‘TKAZILGAN TADBIRLAR

Filialda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil

6 martdagi 178-F sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, Qurgʻoqchilik mintaqalarida qishloq xoʻjalik tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) hamkorligida “Oʻzbekistonning janubiy hududlarida boshoqli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarining holati va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

 

Ilmiy-amaliy konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi Respublika markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi direktori, ICARDAning Oʻzbekiston, Afrika koordinatorlari, BMTning FAO tashkiloti agronomi, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, “Petkus” kompaniyasi raisi oʻrinbosari ishtirok etishdi.

Xar yili doimiy ravishda boshoqli don ekinlarida urugʻlik maydonlarda navdorlikni

aniqlash boʻyicha respublika “Agronom aprobatorlar” ning oʻquv amaliy seminari oʻtkaziladi.

XORIJLIK MUTAXASISLAR

Filialda doimiy ravishda xalqaro markazlar hamda respublika olimlari ishtirokida “Genetika”, “Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi”, “Boshoqli don ekinlarida zang kasalliklarining rivojlanish fenologiyasi va epidemologiyasi hamda ularga qarshi kurash choralari”, “Dala tajribalari metodikasi va ularni statistik tahlili”, “Boshoqli don ekinlarini yetishtirishda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish”, “Zang kasalliklarini tahlil qilish”, “Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi, urugʻlik sifat koʻrsatkichlari”, “Kuzgi bugʻdoy seleksiyasi” mavzularida trening kurslar oʻtkazildi.