DON VA DUKKALI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI Q-F
Qashqadaryo v, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3 km.
Ish : 07:00 - 17:00

ILMIY LABORATORIYALARDA O‘TKAZILGAN TADQIQOTLAR

ILMIY LABORATORIYALARDA OʻTKAZILGAN TADQIQOTLAR

QXA-9-031 (2012-2014 yillar uchun). “Yangi bugʻdoy navlarining turli mintaqalar tuproq-iqlim sharoitlariga mos resurs tejamkor agrotexnologiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., professor N.Xalilov.

QXA-8-029 (2012-2014 yillar uchun). “Lalmikor yerlar uchun qurgʻoqchilik, kasalliklar, zararkunandalarga chidamli noʻxatning serhosil yangi navlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.n., dotsent A.Abdiyev.

QXA-8-034 (2012-2014 yillar uchun). “Respublikaning sugʻoriladigan va lalmikor yerlari uchun qurgʻoqchilik, kasalliklar, zararkunandalarga chidamli, hosildor, don sifati yuqori boʻlgan yumshoq va qattiq bugʻdoyning yangi navlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., professor A.Amanov.

QXA-8-033 (2012-2014 yillar uchun). “Oʻzbekistonda kuzgi bugʻdoyning issiqlik, garmsel, zang kasalliklari va sovuqqa chidamli boʻlgan nav va liniyalarini tanlash hamda ular asosida yangi navlar yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., katta ilmiy xodim Z.Ziyadullayev.

QXF-5-012 (2012-2016 yillar uchun). “Oʻzbekistonda boshoqli don ekinlarida sariq zang kasalligining rivojlanishi va epidemiologiyasi hamda unga qarshi kurashning ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., professor A.Amanov.

F5-FQ-1-19274, QF-5-003 (2012-2016 yillar uchun). “DNK markerlari yordamida yumshoq bugʻdoyning sariq zang (Puccinia striiformis f. sp. tritici) hamda qoʻngʻir zang (Puccinia triticina) zamburugʻlari qoʻzgʻatuvchi kasalliklarga chidamlilik lokuslarini molekulyar kartalashtirish” mavzusidagi fundamental loyihasi. Loyiha rahbari b.f.d. F.Kushanov.

QXI-5-048 (2014-2015 yillar uchun). “Yumshoq bugʻdoyning istiqbolli “Hazrati Bashir” va “Elomon” navlarining boshlangʻich urugʻchilik tizimini tashkil etish” mavzusidagi innovatsiya loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., professor A.Amanov.

QXI-5-049 (2014-2015 yillar uchun). “Yumshoq bugʻdoyning istiqbolli “Gʻozgʻon” navining boshlangʻich urugʻchilik tizimini tashkil etish” mavzusidagi innovatsiya loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., katta ilmiy xodim Z.Ziyadullayev.

QA-8-005-III (2015-2017 yillar uchun). “Kuzgi bugʻdoyning issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamli don sifati yuqori boʻlgan nav va liniyalarni ajratish, seleksiya uchun boshlangʻich manba va donorlar tanlash hamda nav yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., katta ilmiy xodim O.Amanov.

QXA-9-090-2015 (2015-2017 yillar uchun). “Oʻzbekistonning janubiy mintaqasida yangi kuzgi bugʻdoy navlarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish orqali sugʻoriladigan yerlarda bugʻdoy yetishtirish samaradorligini oshirish” mavzusidagi amaliy loyihasi. Loyiha rahbari q/x.f.d., professor N.Xalilov.